14 yoshgacha bo‘lgan bola uchun ota-ona roziligi
Oxirgi tahrir: 2026-11-14
14 yoshgacha bo‘lgan shaxslar Aral Cloud platformasidan faqat ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-moddasi; Ommaviy oferta, /terms). Ushbu hujjat shunday rozilik beruvchi shaxs («Vakil») nimalarga rozi bo‘lishini belgilaydi. Hujjat "ADSTORE" MChJ (STIR 312519231; «Ijrochi») tomonidan e’lon qilingan. O‘zbek tilidagi matn asosiy hisoblanadi. Manzil: Tashkent, Uzbekistan; Elektron pochta: support@aralcloud.uz.
1. Kim rozilik berishi mumkin
Rozilikni bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili (vasiysi) yoxud ularning yozma roziligi bilan harakat qiluvchi shaxs berishi mumkin. Vakil kamida 18 yoshda bo‘lishi, o‘zining Aral Cloud hisobiga kirgan bo‘lishi va bola qo‘shiladigan Tashkilotning egasi yoki administratori bo‘lishi kerak. Rozilikni qabul qilib, Vakil bunday huquqqa ega ekanini tasdiqlaydi; Ijrochi buni tasdiqlovchi hujjat so‘rashi va u taqdim etilmasa, bolaning kirishini to‘xtatishi mumkin.
2. Bola Xizmatdan qanday foydalanadi
Bola Xizmatdan faqat Vakilning Tashkiloti ichida, uning a’zosi sifatida foydalanadi. Bola faqat Tashkilot egalari va administratorlari a’zoga ruxsat bergan narsalarni ko‘radi va boshqaradi.
3. Nazorat va to‘lovlar
Vakil bolaning Xizmatdan foydalanishi uchun javob beradi, uni nazorat qiladi va bolaning Ommaviy oferta hamda Maqbul foydalanish qoidalariga (/acceptable-use) rioya qilishini ta’minlaydi. Bola yaratgan yoki foydalangan resurslar uchun barcha to‘lovlar Vakil tomonidan Tashkilot balansidan to‘lanadi.
4. Bola nima qila olmaydi
Bola to‘lov qila olmaydi, bank kartasini qo‘sha olmaydi, balansni to‘ldira olmaydi, Tashkilotga ega bo‘la olmaydi va uni yarata olmaydi.
5. Rozilikni qaytarib olish
Vakil istalgan vaqtda konsolda rozilikni qaytarib olishi mumkin; Tashkilot egasi yoki administratori ham bolani Tashkilotdan chiqarishi mumkin. Bolaning kirishi darhol to‘xtaydi. Bolaning hisobi esa Maxfiylik siyosatida (/privacy) belgilangan tartibda o‘chirilgunga qadar saqlanib qoladi.
6. Bolaning shaxsga doir ma’lumotlari
Bolaning shaxsga doir ma’lumotlari Maxfiylik siyosatiga (/privacy) muvofiq qayta ishlanadi. Vakil bola nomidan ushbu ma’lumotlarga oid huquqlarni support@aralcloud.uz manziliga yozish orqali amalga oshiradi.
7. Rozilik qanday qayd etiladi
Ijrochi har bir rozilikni uning sanasi va vaqti, rozilik berilgan IP manzil, qabul qilingan matn tahriri va uni qabul qilgan hisob bilan birga qayd etadi. Ushbu yozuv rozilik dalili sifatida saqlanadi.
STIR 312519231 · Tashkent, Uzbekistan · support@aralcloud.uz