Statik saytlar va Pages
Statik saytlar va frontend'larni — oddiy HTML yoki har qanday freymvork build natijasi (React, Vue, Next.js export, VitePress va h.k.) — server tayyorlamasdan, avtomatik TLS va global edge yetkazib berish bilan joylashtiring.
Video qo‘llanma
Statik sayt joylash va oʻz domeningiz0:59Sayt joylashtirish
Websites → Create boʻlimini oching va deploy usulini tanlang:
- Upload — build papkasini (yoki zip) toʻgʻridan-toʻgʻri sudrab tashlang.
- Git — repozitoriyni (jumladan Aral Cloud Git) ulang, platforma har push'da build va deploy qiladi.
- CLI / API — build papkasini oʻz pipeline'ingiz doirasida dasturiy ravishda push qiling.
Sayt generatsiya qilingan *.app.aralcloud.uz subdomenida edge gateway ortida avtomatik TLS bilan eʼlon qilinadi, keyinroq oʻz domeningizni ulashingiz mumkin.
Build sozlamalari
Git bilan ulangan saytlar uchun sozlang:
- Build buyrugʻi (masalan,
npm run build) - Chiqish papkasi (masalan,
dist,.output/public) - Build vaqtida mavjud muhit oʻzgaruvchilari
Har bir push yangi build'ni ishga tushiradi; saytning Deployments boʻlimidan istalgan vaqt oldingi versiyaga qaytishingiz mumkin.
Maxsus domenlar
Sayt'ning Domains boʻlimidan domen ulang — API Gatewaydagi bilan bir xil avtomatik-TLS jarayoni.